Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/04/2022
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika institutida “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” festivalining  2-hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Yu.Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida o‘tkazilgan  festivalini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimi  A.Maxmudov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U  o‘z so‘zida teatr insonlarni ma’naviy tarbiyalashga, ularning bilim va madaniyatini boyitishga, o‘zaro mehr-oqibat, hurmat va do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan maskan ekanligini ta’kidlash bilan bir qatorda festival ishtirokchilarga omad tiladi. “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” festivalida Jizzax Politexnika institutining “Ibrat”, Jizzax Davlat pedagogika institutining “Iste’dod”, Guliston davlat universitetining “Guliston guldastasi”, O‘zMU Jizzax filialining “Yoshlik” teatr studiyalari ishtirok etishdi. Mazkur festivalda ishtirokchilarning chiqishlari “Oliy ta’lim muassasalari talabalar teatr studiyalari festivalini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom talablari asosida “Eng yaxshi spektakl”, “Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini uchun” va “Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun” nominatsiyalari bo‘yicha baholandi.

Festival ishtirokchilari tomonidan namoyish etilgan “Yo‘qotilgan vaqt”, “Davlat bolalari”, “Insonlikka nomzod” va “Talabalar hayoti”  mavzularidagi spektakllarda asosan  insonlar orasidagi o‘zaro munosabatlar, mehr-oqibat, ajdodlarimizning ibratli ishlari, yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini yuksaltirish, keksalarga hurmatda bo‘lish, ulardan ibrat olish, ota-ona, oila va mahalla, tarixiy xotira, milliy g‘urur, tushunchalari tarannum etilgan. Festival natijalariga ko‘ra Jizzax Politexnika institutining “Ibrat” teatr studiyasi jamoasiga  “Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini uchun” va “Eng yaxshi erkak roli uchun”, Guliston davlat universitetining “Guliston guldastasi”  teatr studiyasi  “Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun” va  “Eng yaxshi ayol roli uchun”,  O‘zMU Jizzax filialining “Yoshlik” teatr studiyasi “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari rahbari” hamda Jizzax davlat pedagogika instituti teatr studiyasi “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyalari berildi.

Shuningdek  Talabalar teatr studiyasi festivali 2-hududiy bosqichi g‘olibi bo‘lgan Jizzax davlat pedagogika institutining “Iste’dod” teatr studiyasi tanlovning navbatdagi mintaqaviy bosqichida ishtirok etishi uchun yo‘llanma berildi. Festival yakunida ishtirokchilar Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati tomonidan diplomlar va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

 

 

 


Ulashish:
844
Boshqa rubrikalarda mashhur

Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.
JDPUda WFK IT ko‘ngillilar dasturi doirasida madaniy almashinuv va sertifikat topshirish marosimi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Sejong universitetining WFK IT ko‘ngillilar guruhi hamda JDPU talabalari ishtirokida madaniy almashinuv dasturi tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.