Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/01/2017
Chop etish
Jizzax Davlat Pedagogika Institutida O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi va “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 2017 yil 4 yanvar kuni soat 10-00 da harbiy xizmatchilar hamda ularninig ota-onalari, o`qituvchilari, yosh avlod vakillari ishtirokida Ozbekiston-mustaqil Vatanim, milliy armiya- faxrim, g`ururim! shiori ostida “Mening o`g`lim-Vatan himoyachisi” nomli videokonferensiya bo`lib o`tdi.

Jizzax Davlat Pedagogika Institutida videokonferensiya o`tkazishga tayyorgarlik jarayonida institut hududida obodonlashtirish ishlari olib borildi, bundan tashqari videokonferensiya o`tkaziladigan joyni gullar, vatanparvarlikni aks ettiruvchi hamda videokonferensiya shiori aks ettirilgan bannerlar bilan bezatildi.   

Erta tongdan Jizzax Davlat Pedagogika Instituti hovlisida harbiy orkestr jamoasining musiqali chiqishi  barchani o`ziga jalb qildi.

Jizzax Davlat Pedagogika Instituti hovlisida videokonferensiyaga tashrif buyurgan ota-onalarni yurtimiz o`g`lonlari askarlarimiz  gullar bilan kutib oldi.

Jizzax Davlat Pedagogika Instituti fayesida harbiy xizmatchilarning sharafli kasbini aks ettiruvchi jumladan, ularning kiyinish madaniyati, yurtimizda joriya etilgan harbiy unvonlarga bag`ishlangan ko`rgazma tashkil etildi.

 O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi va “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o`tkazilgan Ozbekiston-mustaqil Vatanim, milliy armiya- faxrim, g`ururim! shiori ostida  “Mening o`g`lim-Vatan himoyachisi” nomli videokonferensiyada Jizzax Davlat Pedagogika Instituti konferensiya zalida Jizzax viloyatida harbiy xizmatni o`tayotgan Qoraqalpog`iston Respublikasi o`g`lonlari va Qoraqalpog`iston Respublikasida xizmat burchini o`tayotgan Jizzaxlik askarlarning ota-onalari ishtirok etdi.

Jizzax Davlat Pedagogika Institutining  talabalari tadbir davomida askarlarning su`ratini chizib ularga bayramona sovg`a sifatida taqdim etdi.


Ulashish:
1 813
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda «Rahbar faoliyati va mahorati» mavzusida seminar-treninglar mashg‘ulotlariga start berildi.
Seminarda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” tarmoq markazining katta o‘qituvchisi Ishmuhamedov Ravshan Jo‘rayevich «Rahbar...
“Kelajakka qadam” — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari yo‘l!
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish hamda yangi kasblarni egallashiga ko‘maklashish uchun moliyaviy imkoniyatlar taqdim etilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Pedagog» talaba sport klubining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Konferensiyada sport klubining amalga oshirgan ishlari, erishilgan natijalari hamda kelgusidagi vazifalari muhokama qilinib, klub raisi o‘rinbosari Hoshim Komilovning hisoboti tinglandi.