Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/05/2016
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika institutida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 17 maydagi № 87-03-1337-sonli “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining hududiy bosqichi o’tkazildi

Institutda “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining hududiy bosqichini o’tkazish bo’yicha institut rektorining 2016 yil 17 maydagi № 338-sonli ichki buyrug’i ijroga kiritildi. Ishchi guruh tarkibi, chora-tadbirlar rejasi, Hakamlar hay’ati  tarkibi shakllantirildi.

Tanlovni Jizzax davlat pedagogika instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov kirish so’zi bilan ochib berdi. Tanlov O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” YoIH Vasiylik kengashining 2015 yil 10 dekabrdagi 65-sonli majlisi bayoni vaO’zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi” 5-bandi “Talabalarning siyosiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining hududiy bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda Qarshi davlat universiteti jamoasi, Samarqand davlat universiteti jamoasi, Jizzax davlat pedagogika instituti jamoalari ishtirok etdi.

Shundan so’ng boshlovchi Hakamlar hay’ati a’zolari bilan tanishtirildi.

HAKAMLAR HAY’ATI TARKIBI

  1. Hasanov Orif – Adliya boshqarmasi mas’ul hodimi, hakamlar hay’ati raisi

2.Sattorov Sirojiddin    – Fuqorolik jamiyati shakllantirishni monitoring qilish mustaqil instituti Jizzax viloyat hududiy bo’linmasi katta mutaxasisi hakamlar hay’ati a’zosi

  1. Yuldashov Nurmuhammad – “Kamolot” YoIH viloyat bo’limi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha bo’lim boshlig’i hakamlar hay’ati a’zosi
  2. Norbekov Sanjar – Jizzax politexnika instituti O’zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi, hakamlar hay’ati a’zosi
  3. Axmedov Anvar – Viloyat IIB bo’linma boshlig’i hakamlar hay’ati a’zosi

 Jamoalarni saxnaga taklif etildi. Hakamlar hay’ati tomonidan qur’a tashlash orqali jamoalarning saxnaga chiqishlari aniqlab olindi. Jamoalar har bir shartlarga tayyorlanguncha konsert dasturi namoyish etib borildi. Tanlovda jamoalar 5 ta shart bo’yicha bellashdilar. Har bir shart hakamlar hay’ati tomonidan Nizom talabalari asosida baholab borildi.

Hakamlar hay’ati qaroriga ko’ra tanlovda Qarshi davlat universitetining “Adolat” jamoasi 206 ball bilan 3 o’rinni, Samarqand davlat universitetining “Ulug’bek vorislari” jamoasi 223 ball bilan 2 o’rinni, Jizzax davlat pedagogika institutining “Status” jamoasi 230 ball bilan 1 o’rinni qo’lga kiritib keyingi respublika bosqichda ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Tanlov so’ngida jamoalar diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.


Ulashish:
2 152
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.
JDPUda “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” doirasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” deb e’lon qilingan tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Madaniyat...