Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/05/2021
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika instituti  jamoasi “Ma’rifat maydoni” tanlovining respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Mamlakatmizida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, talaba-yoshlarni ezgu maqsadlarga ilhomlantirish, ajdodlar merosini o’rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish maqsadida talabalar o’rtasida “Yangi O’zbekiston yangi dunyoqarash” shiori ostida “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovi o’tkazilmoqda.

Tanlovning birinchi bosqichi fakultet jamoalari o’rtasida o’tkaziladi va g’olib jamoa hududiy 2-bosqichda ishtirok etadi. Jizzax davlat pedagogika isntitutining O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari  instiut bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib hududiy 2-bosqichga yo‘llanma olishgan edi. Joriy yilning 27 may kuni sakkiz nafar talabadan  iborat jamoa Guliston davlat Universitetidagi hududiy bosqichda 5 ta OTM lari bilan kuch sinashdi.

 

“Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” shartlari asosida bo‘lib o‘tgan tanlovda institut jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallab respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 


Ulashish:
850
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talabalar ligasi” g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ijtimoiy profilaktika va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi
Tadbirda hamkor tashkilotlar vakillari, universitet profilaktika inspektori, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari, tyutorlar, psixologlar hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
JDPU professor-o‘qituvchilari Malayziyada malaka oshirib qaytdi
Jzzax davlat pedagogika universitetining 22 nafar professor-o‘qituvchilari Malayziyaning Utara universitetida 11–25-may kunlari tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar bo‘yicha o‘z...