Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/12/2025
Chop etish
JDPUda talabalar xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, psixologlar, media markaz xodimlari, axborot xizmati xodimlari hamda Yoshlar ittifoqi yetakchilari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishni universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev olib bordi.

Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda ko‘rilgan masalalar va berilgan topshiriqlar muhokama qilindi. Xususan, talabalarni qishki ta’tilga kuzatish, ijara xonadonlarni o‘rganish, is gazi va yong‘in xavfsizligi, shuningdek ovqatdan zaharlanish kabi holatlar bo‘yicha ogohlantirish, giyohvand moddalarning salbiy oqibatlari haqida targ‘ibot tadbirlari va suhbatlar o‘tkazish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalar turar joyida nazoratni ta’minlash, navbatchilikni belgilash va uni mazmunli tashkil etish, talabalar bilan suhbatlarni odob-axloq qoidalariga muvofiq olib borish, ijara to‘lovlari tartibi va boshqa muhim ma’lumotlarni to‘liq yetkazish kabi masalalar ham muhokama qilindi. Yig‘ilishda murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish va faol ishlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.


Ulashish:
27
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda talabalar  xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, psixologlar, media markaz xodimlari, axborot xizmati xodimlari hamda Yoshlar ittifoqi yetakchilari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishni universitetning yoshlar...
Jizzax “Alumni Community” vakili AQSH elchixonasi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etdi.
5–7 dekabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi vakolatli elchixonasi hamda Amerika Kengashi tomonidan “Alumni Community” doirasida respublika hududiy vakillari uchun seminar-trening o‘tkazildi.
Zomindan gapiramiz!
6–7-dekabr kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari Zomin dam olish maskanida navbatdagi dam olish kunlarini o‘tkazib qaytishdi.