Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/09/2023
Chop etish
JDPUda “XXI asr sog‘lom avlodi” mavzusida seminar trening tashkillashtirildi.

Seminarga spikeri sifatida Tamara Vasilyevna Pshennikova kafedra tayanch doktoranti Sh.Uzoqova tomonidan taklif etildi. Tamara Vasilyevna Pshennikova vrach-terapevt, Rossiyaning “XXI asr sog‘lom avlodi” Birinchi Milliy mukofoti laureate. Seminarda hozirgi kunda ekologik global o‘zgarishlar hamda oziq-ovqat xavfsizligi muammolari avj olayotgan bir paytda qanday qilib sog‘liqni mustahkamlash, uzoq umr ko‘rish qoidalariga amal qilish va sog‘lom turmush tarzini yuritish kabi masalalar muhokama qilindi.

Professor-o‘qituvchilarni o‘zlarining sharafli kasblarini ado qilishda ularning sog‘ligiga xavf soluvchi omillardan ogoh bo‘lishga chaqirdi. Talabalarga ham ilm olish davrida sog‘lom turmush tarzini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Barcha ishtirokchilar seminardan mamnun bo‘lishdi va bu kabi uchrashuvlar davomli bo‘lishi taklif etildi


Ulashish:
853
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.