Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/01/2026
Chop etish
JDPUda tantanali kuzatish marosimi tashkil etildi.

Mazkur tadbir Nazarqosimov Sarvar Inatillayevichning Jizzax viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanishi, To‘rayev Furqat Hazratovichning boshqa ishga o‘tganligi hamda Meliyev Hamid Abdullayevichning universitet “Nuroniylar” kengashi raisi etib tayinlanganligi munosabati bilan o‘tkazildi.

Universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ta’lim dargohi kadrlarining turli sohalarda yuqori hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanayotgani jamoa uchun katta iftixor ekanini alohida ta’kidladi.

Tadbir yakunida yangi lavozimlarga tayinlangan rahbar va mas’ul xodimlarga ko‘p yillik samarali mehnat faoliyati va ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.


Ulashish:
2 206
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.