Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/03/2025
Chop etish
JDPUda “ Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Shu kunlarda hududlarda senatorlar yoshlar bilan uchrashib, ular bilan bevosita muloqotlar o‘tkazishmoqda.

Xususan, Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi, senator Husan Ermatov Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yoshlarni kasbga bo‘lgan qiziqishini, ularning jamiyatimizda tutgan o‘rni, chuqur bilim olishi bilan birga siyosiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashi deputatlari, universitet talabalari va jizzaxlik yoshlar ishtirok etishdi. Samimiy muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar uchun ta’lim va ilm-fan sohalarida yaratilayotgan imtiyozlar, sport sohasidagi yangiliklar, madaniyat va san’at sohasida iste’dodli va iqtidorli yoshlarni kashf etish borasida olib borilayotgan ishlar mavzulariga bag‘ishlandi.

Bugun iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yangi imkoniyatlar yaratish, ularning muammolarini aniqlash va hal qilish doimiy e’tiborda ekanligi, aynan shu maqsadda Senat huzurida Yoshlar parlamenti tashkil etilganligi, ular yoshlar huquqlariga oid me’yorlar takomillashtirilishi, yoshlar hayotiga daxldor masalalar yechimi bo‘yicha izchil faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi. Uchrashuvda shuningdek, bugungi kunda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, ta’lim sohasida qizlar uchun yaratilgan qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida keng to‘xtaldi. Muloqot davomida talaba-yoshlarga parlament va senatorlarning ish faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Mamlakatimiz aholisining 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Demak, ularning sifatli ta’lim olishi choralarini  ko‘rish, yoshlarga kasb-hunar o‘rgatish tizimini mukammallashtirish, ular uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish muhim vazifa hisoblanadi. H. Ermatov yoshlar bilan suhbatlashar ekan, ularga yaratilayotgan sharoitlar haqida alohida to‘xtalib, yoshlarga havasi kelishini, bugun berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘z oldlilariga qo‘ygan reja va maqsadlari sari dadil odimlashlari lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Senator talaba-yoshlar bilan  hayot yo‘li va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuvda ishtirok etgan yoshlarning taklif va fikrlari tinglandi. Uchrashuv so‘ngida yoshlarning har bir fikri, taklifi jamiyatimizni rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi bu kabi uchrashuvlarni ko‘proq o‘tkazish, ularni tinglash kerakligi ta’kidlandi.

“Senator va yoshlar” uchrashuvi mehmonlarning Jizzax davlat pedagogika universiteti 50-yillik tantanalari arafasida qayta ta’mirlanib, talabalar ixtiyoriga topshirilgan, ayni paytda 7/24 rejimida  faoliyat yuritayotgan  yangi axborot resurs markazi, universitet tuzilmasi qoshida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” hamda “Universitet tarixi” muzeylariga tashrifi bilan yakunlandi.


Ulashish:
497
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.