Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/01/2026
Chop etish
JDPUda professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan umummilliy so‘rovnoma bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan O‘zbekistonda ilk bor ta’lim sifatini baholashga qaratilgan umummilliy so‘rovnoma doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda Milliy agentlik vakillari, jumladan direktor o‘rinbosari Sardor Rahimboyev ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Prezident Farmoni asosida tashkil etilgan, shuningdek, yaqin vaqt ichida faoliyat boshlagan Milliy agentlikning asosiy vazifalari, umummilliy so‘rovnomaning mazmuni batafsil tushuntirildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur umummilliy so‘rovnoma ta’lim sifati, o‘qitish samaradorligi va shart-sharoitlarni xolis baholashga qaratilgan. Agentlik vakillari har bir professor-o‘qituvchi va talabaga so‘rovnomada ishtirok etish ahamiyatini shaxsan tushuntirib, savollarga xolis va ochiq javob berishni so‘radilar.
Uchrashuvda “Sizning fikringiz ta’lim kelajagini belgilab beradi” degan g‘oya alohida urg‘ulandi.
Uchrashuvlarda professor-o‘qituvchilar va talabalarning faol ishtiroki ta’minlandi. Umummilliy so‘rovnoma jarayonlari davom etmoqda.

Ulashish:
1 307
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.