Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda kafedralardagi o‘quv-me’yoriy hujjatlar holati, talabalarni o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.







Yig‘ilishda asosiy e’tibor bitiruvchi kurs talabalarini kasbiy sertifikatlashga tayyorlash, “ustoz-shogird” tizimini yanada rivojlantirish va yakuniy nazoratlarga puxta tayyorgarlik masalalariga qaratildi. Tadbir yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
