Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/11/2025
Chop etish
JDPUda “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining final, ya’ni fakultetlar aro bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Unda har bir fakultetning birinchi bosqichdan eng yuqori natijani ko‘rsatgan 6 nafar talabalardan iborat jamoalari Zakovat intellektual turnirida o‘zaro bellashdi.

Turnir davomida talabalar nafaqat kitobxonlik salohiyatini, balki tez fikrlash, mantiqiy tahlil va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini ham namoyish etdilar. Bellashuv yuqori raqobat va qiziqarli intellektual kurash ruhida kechdi.

Yakunda:  1-o‘rin – Aniq fanlar fakulteti  2-o‘rin – Tabiiy fanlar fakulteti  3-o‘rin – Fizika va texnologik ta’lim fakulteti

Mazkur tanlov yoshlarni kitobxonlikka, intellektual rivojlanishga va bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda hamda fakultetlararo do‘stona hamkorlikni mustahkamlashga katta turtki beradi.


Ulashish:
1 421
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...