Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
16/07/2025
Chop etish
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar yakunlandi

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025-yil 7–14-iyul kunlari kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi. Unda 1032 nafar abituriyentdan 711 nafari ishtirok etdi. Imtihonlarni o‘tkazish jarayonida 20 nafardan ortiq malakali mutaxassislar jalb qilindi.

Jarayon davomida barcha abituriyentlar, mutaxassislar va qabul komissiyasi a’zolariga korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu kabi holatlarga duch kelinganda, zudlik bilan universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga yoki tegishli davlat organlariga murojaat qilish zarurligi eslatildi.

Shuningdek, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘ygan shaxslar – abituriyent, mutaxassis yoki qabul komissiyasi a’zosi bo‘lishidan qat’i nazar – amaldagi tartibga muvofiq javobgarlikka tortilishi qat’iy ogohlantirildi.

Ta’kidlash joizki, imtihon jarayonida ham, hozirga qadar ham Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga mazkur holatlar bo‘yicha biror murojaat kelib tushmagan.


Ulashish:
3 611
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.