Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/11/2025
Chop etish
JDPUda Kasaba uyushmalari kuni: mehnatga hurmat va birdamlik bayrami.

“Professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar uchun munosib sharoit yaratamiz” — dedi universitet rektori M.Yuldashev.

Kasaba uyushmalari tashkil etilganiga 120-yil to‘lishi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori, professor Maqsudjon Yo‘ldashev ana shu so‘zlar bilan ochib berdi.

 

“Bu hali boshlanishi. Bundan keyin ham ishchi-xodimlar va professor-o‘qituvchilarning munosib dam olishi, samarali ishlashi uchun qanday yordam kerak bo‘lsa, barchasini amalga oshiramiz”, — dedi rektor.

Fidoyi ustozlar — mehnat uchun taqdirlandi.

Tantanali tadbir taqdirlash marosimi bilan davom etdi. Unda faol ustozlar va universitet faxriylari tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. So‘zga chiqqanlar universitetdagi sog‘lom muhit, professor-o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar va mehnatni qadrlash madaniyati haqida fikr bildirdilar.

Jamoaga hamnafas kasaba uyushmasi rahbari Jahongir Majidov.

Universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Jahongir Majidov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Faxriy yorlig‘i” hamda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.“Xalqimizda mehnat qilgan yuzaga chiqadi degan naql bor. Bugun Jahongir Majidovning mehnatlari yuzaga chiqdi. U jamoa bilan hamnafas, har ishda ko‘makchi va shirinso‘z rahbar sifatida e’tirof etildi.

Bayram kayfiyati: konsertdan ko‘ra katta to‘y!

Bilganlar “universitetda konsert bo‘ldi” deyishdi, bilmaganlar esa “katta to‘y bo‘ldi” deb o‘ylashdi. Chunki bayram shukuhli, ruhli va jonli ijrolar bilan to‘ldi.

Britaniyalik mashhur xonanda Sami Yusuf bilan birga Fransiyada qo‘shiq kuylagan Ilyos Arabov JDPUda o‘tgan bayram tantanasining maxsus mehmoni bo‘ldi. Uning maqom yo‘nalishidagi samimiy va sho‘x taronalari ustozlar hamda talabalarning qalbini rom etdi.

Ana raqsu — mana raqs, ana bayramu — mana bayram! Tomoshabinlar qo‘shiqlarni qayta-qayta iltimos qildilar. Zaldan shodlik va zavq to‘lqini uzoq ketmadi.

Rasul baxshi — yuraklarni titratgan doston.

Shuningdek, Shuhrat medali sohibi Rasul baxshining jonli ijroda ijro etgan dostoni tomoshabinlarni lol qoldirdi. “Bolam-a o‘xshaydi ovozing sani…” — degan hayratli qichqiriqlar ostida baxshining ijrosi yuraklarni sel qildi.

Har ishni ustasi qilsin degan naql bejiz emas — bugungi tadbir shunday ustalar sahnasiga aylandi.

Birdamlik va mehnatga ehtirom bayrami.

JDPUda o‘tgan bu bayram tadbiri mehnatni qadrlash, insonga bo‘lgan hurmat va birdamlikning yorqin namoyishi bo‘ldi. Tadbirni tomosha qilganlar shod bo‘ldi, qatnashganlar faxrlandi. Universitet ahli “Tadbirmisan — tadbir bo‘ldi!” degan ta’rif bilan tantanaga baho berdi.


Ulashish:
1 261
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” doirasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” deb e’lon qilingan tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Madaniyat...
Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi talabalarga ish beruvchilar bilan ochiq muloqot va amaliy seminar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Tabiiy fanlar fakulteti bitiruvchi talabalari uchun ish beruvchilar bilan ochiq muloqot va amaliy seminar tashkil etildi.
Jizzaxda pedagogika oliy ta’lim muassasalari prorektorlari kengashining 5-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Zomin dam olish maskanida pedagogika oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari kengashining 5-sonli yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.