Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/12/2025
Chop etish
JDPUda “Karnaval kayfiyati” — Yangi yil bayrami talabalar uchun quvnoq va rang-barang o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Karnaval kayfiyati” shiori ostida talabalar uchun yangi yil karnavali tashkil etildi.

Tadbirni universitet yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev ochib berdi va yig‘ilganlarga rektorning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, yil davomida turli tanlovlar va musobaqalarda g‘oliblikka erishgan jamoalar — jumladan, “Kitobxon talaba” tanlovining g‘oliblari — faxriy yorliqlar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Bayram dasturi quvnoq sahna chiqishlari, rang-barang obrazlar, qo‘shiq va raqslar bilan boyitildi. Qiziqarli o‘yinlar yoshlarga chinakam yangi yil kayfiyatini ulashdi.

Karnaval davomida talabalarning ijodiy chiqishlari va kutilmagan syurprizlar tadbirga alohida zavq bag‘ishladi. Samimiy muhitda o‘tgan bayram yoshlarning birdamligi va ijodiy salohiyatini yanada namoyon qildi.


Ulashish:
3 520
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.