Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/11/2025
Chop etish
JDPUda chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025–2026-o‘quv yilida talabalar safiga qabul qilingan 13 nafar chin yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori F. Aqchaev ishtirok etdi hamda talaba-yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida talabalarga universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni, yotoqxona bilan ta’minlanish masalalari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan to‘liq foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Iliq va samimiy ruhda o‘tgan tadbir yoshlar uchun ruhiy dalda bo‘ldi desak xato qilmagan bo‘lamiz.


Ulashish:
1 381
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.