Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/03/2023
Chop etish
JDPUda  “Bo‘sh  ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida joriy yilning 28 mart kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda universitet bitiruvchilarining potensial ish beruvchilari hisoblangan Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, Jizzax viloyati madaniyat va turizm boshqarmasi hamda Yoshlar siyosati va sport  boshqarmalari bilan hamkorlikda “Karera kuni”, “Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.

“Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” JDPUdan 2000 dan  ziyod talaba yoshlar qatnashdi.        Yarmarkada hamkor tashkilotlar uch yuzga yaqin bo‘sh (vakant ish) o‘rinlari bilan qatnashishdi. Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasiga qarashli bo‘lgan 12 ta tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlar bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur tumanlardagi ehtiyoji mavjud bo‘lgan maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari raxbarlari o‘zlari kelib universitet bitiruvchilar va talabalar bilan uchrashib, ishga joylishishlari uchun uch tomonlama shartnomalar imzolashdi yoki kelgusida ishga joylashishlari uchun o‘zaro kelishuvga erishishdilar.

O‘tkazilgan “Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” natijasiga ko‘ra universitet talabalaridan 123 nafari bilan ishga joylashishlari uchun uch tomonlama shartnomalar imzolandi. Shu bilan birga viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli bo‘lgan o‘n ikkita tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlar bo‘limlari boshliqlari o‘zlaridagi vakant ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ular bilan bog‘lanish uchun joylashgan manzillari va telefon raqamlirini bitiruvchilarga taqdim etishdi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki  2022-2023 o‘quv yilida universitetni 5192 nafar talaba bitirmoqda.


Ulashish:
997
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.