Skip to main content

Yangi o'quv yili boshlandi!

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2022/2023-o'quv yili boshlandi

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni

Mashaqqatli kasbingizda ulkan muvaffaqiyat tilaymiz, aziz ustoz va murabbiylar!

JDPU Xorijiy tillar fakultetida Fulbrayt ETA dasturi doirasida ingliz tili o‘qituvchi yordamchisi  mashg‘ulotlar olib boradi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari va Fulbright ETA – ingliz tilini o‘qitish dasturi assistent o‘qituvchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. FULBRIGHT ETA DASTURI  va  INGLIZ TILI O’QITUVCHI YORDAMCHISI kim u qanday vazifalarni bajaradi. Bir so‘z bilan aytgnada  Fulbrayt ETAlar kimlar? Ular O’zbekistonda 10 oy davomida mahalliy ingliz tili o’qituvchilariga yordam beruvchi amerikalik universitet bitiruvchilaridir. Bu dastur AQSh Davlat departamenti homiyligi va AQShning Toshkentdagi elchixonasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi tomonidan boshqariladi. Fulbright ETAlari ingliz tilida so’zlashuvchi sifatida xizmat qilish orqali Amerika Qo’shma Shtatlari va O’zbekiston o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. “ETA”lar mahalliy Ingliz tili o’qituvchilari bilan birgalikda dars o’tish, ACCESS dasturi va boshqa madaniy tadbirlarini tashkil etish bilan birga Ingliz tili o’qitilishini kuchaytirishadi кўмакчи бўлишади. Jizzax davlat pedagogika universitetida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari  Ivan Zhivkov-(jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi) va Nadira Musakhodjaeva –  (AQShda ta’lim bo‘yicha maslahatchi) va FULBRIGHT ETA ingliz tilini o‘qitish dasturi assistent o‘qituvchisi  Szczesny Aaron Christopherlar tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlar universitet rektori Sh.Sharipov qabulida bo‘lishdi. O‘zaro hamkorlik uchrashuvida mehmonlar tashrif maqsadini bayon etishdi.   Jizzax davlat universitetida Fulbright ETA ingliz tilini o‘qitish dasturi asosida ta’lim berishni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan xorijlik  hamkorlarimizga javoban universitet rektori Sh.Sharipov bugungi kunda yurtimizda chet tiliga bo‘lgan e’tibor, bu borda davlat rahbari tomonidan imzolangan bir qator farmon va qarorlar, yoshlarga  berilayotgan imtiyozlar xususida ma’lumot berdi. Samimiy suhbat tarzida tashkil etilgan uchrashuvdan so‘ng mehmonlar oliygohning  o‘quv auiditoriyalari, ma’ruza zallari va universitet tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida bo‘lishdi. Tashrif Xorijiy tillar fakulteti talaba yoshlari bilan bo‘lgan ochiq muloqot bilan yakunlandi. Rejaga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili davomida Fulbright ETA ingliz tilini o‘qitish dasturi  asistent o‘qituvchisi   Szczesny Aaron Christopher universitetida talaba-yoshlarga ingliz tili fanlaridan chuqurlashtirilgan mashg‘ulotlarni olib borishda Xorjiy tillar fakulteti professor-o’qituvchilariga ko’maklashadi.