Oliygoh ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shayotgan, o‘zlarining kasbiy mahorati va namunali hayot yo‘li bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan bir qator xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti kasaba uyushma qo‘mitasi ko‘magida universitetining 80 nafar xodimi uchun tarixiy-madaniy merosga ega qadimiy va hamisha go‘zal Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi.











Sayohat davomida Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, jumladan “Zangi ota”, ziyoratgohi, “Hasti imom masjidi” majmuasi ziyorat qilindi. Shuningdek, sayohatchilar G‘alaba bog‘i, Toshkent City, Toshkent City Mall, Magic City kabi savdo majmualarida bo‘lishdi. Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati tashabbusi bilan uyushtirilgan mazkur sayyohlik tadbiri mazmunli o‘tdi va ishtirokchilarga manzur bo‘ldi, ular tomonidan alohida e’tirof etildi.