Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/01/2026
Chop etish
JDPU va Jizzax akademik litseyi hamkorligida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti hamda Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 34-yilligi hamda 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Tabiiy fanlar fakulteti dekani Z.Z. Yaxshiyeva kirish so‘zi bilan ochib, barchani bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, IIV Jizzax akademik litseyi jangovar tayyorgarlik boshlig‘i va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Shuhrat Adilov “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbir davomida litsey o‘quvchilari jangovar tayyorgarlik ko‘nikmalari bo‘yicha chiqishlari bilan ishtirok etib, barchaga katta taassurot qoldirdi.

Tabiiy fanlar fakulteti talabalari esa Vatanni madh etuvchi she’rlar va badiiy chiqishlari bilan tadbirni boyitdi.

Tadbir so‘ngida Taqdirlash marosimi o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 34-yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirdagi hamkorligi uchun Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi vakillari hamda universitet va fakultetdagi jamoat ishlarida faolligi, o‘tkazilayotgan tadbirlardagi yutuqlari uchun “Qalqon” guruhi jamoasi taqdirlandi.


Ulashish:
2 694
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.