Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/11/2025
Chop etish
JDPU talabasi Gulsevar G‘aniyeva jahon kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

14–20 noyabr kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida WORLD BOXING tashkiloti tomonidan boks bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 3-kurs talabasi Gulsevar G‘aniyeva 51 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, faxrli bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Gulsevarning mazkur yutug‘i uning mehnati, matonati va murabbiylarining yuqori tayyorgarligi samarasi sifatida ahamiyat kasb etadi.

JDPU jamoasi talaba-qizni ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaydi va kelgusi musobaqalarda ham yangi zafarlar tilaydi.


Ulashish:
2 503
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.