Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/09/2022
Chop etish
JDPU rektori Sayiljoyi akademik litseyida ochiq muloqotda ishtirok etdi.

JDPU akademik litseyida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda JDPU rektori  Sh. Sharipov o‘quv ishlari bo‘yicha  prorektor B. To’xtamishev ishtirok etishdi. JDPU akademik litseyi ustozlari va talabalari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotni, JDPU akademik litseyi ijrochi direktori J. Yusupovochib berdi. Ochiq muloqotda  ayni paytda O’zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim va O’rta maxsus ta’lim tizimlaridagi olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar, o’zgarishlar, imtiyozlar, shuningdek davlat rahbari  tomonidan yoshlariga berilayotgan e’tibor, ularning  zamonaviy va sifatli ta’lim olishi uchun  yaratilayotgan sharoitlar, yoshlar siyosatiga oid qabul qilinayotgan qarorlar haqida so‘z bordi.

 

Xabaringiz bor yozgi ta’til davomida Armanistonning  Yerevan shahrida o’tkazilgan Xalqaro Biologiya fani olimpiadasida, O’zbekiston Respublikasi terma jamoasi ham ishtirok etgan edi. JDPU akademik litseyining joriy yilning bitiruvchisi Azizbek Muxtorov ham terma jamoaning a’zosi hisoblanib, Armanistonda bo’lib o’tgan Xalqaro olimpiadada faol ishtiroki bilan “ENG FAOL VA ENG BILIMLI” yosh biolog nominatsiyasini, Xalqaro darajadagi  sertifikatni qo’lga kiritdi. Faol o‘quvchi Azizibek Muxtorovnning yutuqlari ortidan uning o‘qituuvchisi B. Abduvohidov  ham yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘ldi. Samimiy va ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida  universitet rektori  Sh. Sharipov  ustoz shogirdlarni yana bir bor e’tirof etib, ularni maqtov yorlig‘i va hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirladi.

Tantanali tadbir kuzatish marosimiga ulanib ketdi. Shu dargohda ko‘p yillar faoliyat yuritgan JDPU akademik litseyi Ona tili va adabiyoti kafedrasining mudiri T.Xoljo’rayevga ilm berish yo’lida qilgan mehnatlari, litsey rivojiga qo’shgan hissasi uchun rahbariyat tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘lari topshirildi.

Ochiq muloqot so‘ngida  JDPU akademik litseyining yangi 2022/2023-o’quv yili uchun mo’ljallangan dasturlar, rejalar, loyihalar belgilanib ham  olindi.


Ulashish:
847
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...
Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida test sinovlari ikki smenada o‘tkazilmoqda.