Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/03/2026
Chop etish
JDPU rektori maktablarning bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Jizzax shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 31 nafar faol bitiruvchi o‘quvchilar dastlab universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Jumladan, zamonaviy sport majmualari, kutubxona, Yoshlar ittifoqi, psixolog hamda «Qatag‘on qurbonlar xotirasi» muzeyi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida universitet rektori Maksudjan Yuldashev yoshlarning qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlari bilan tanishib, ularni yo‘nalishlar kesimida universitet professor-o‘qituvchilariga biriktirdi.

Shuningdek, o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga puxta tayyorlash maqsadida universitet tomonidan bepul tayyorlov o‘quv kurslari tashkil etilishi ta’kidlandi.


Ulashish:
936
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.