2024 yil 20 dekabr Toshkent Milliy Tadqiqot Universiteti «Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Institutida» oliy ta’lim sohasidagi Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston hamkorligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Mavzu «O‘zbekistonda oliy ta’limni rivojlantirish istiqbollari» Markaziy Osiyo, jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistondan kelgan mutaxassislar o‘rtasida chuqur muhokamalar va foydali hamkorlik imkoniyatlarini yaratdi.
Konferensiyaning nufuzli spikerlari qatorida:
• Kongratbay Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri,konferensiyani tantanali ravishda ochib berdilar
• Toyvo Klaar, Yevropa Ittifoqi elchisi Toyvo Klaar
• Bahodir Mirzayev, TIQXMMI Rektori va boshqalar.
Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida Tempus va Erasmus+ dasturlari doirasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan Erasmus+ xalqaro anjumani sifatida «O‘zbekistonda oliy ta’lim rivojlanishining istiqbollari» mavzusida Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlar (HERE) konferensiyasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan HEREs va Milliy Erasmus+ ofislari delegatsiyalari faxriy mehmonlar va ma’ruzachilar sifatida ishtirok etishdi.
Ushbu Xalqaro konferensiyada Jizzax davlat pedagogika universiteti, Xorijiy tillar fakulteti professor- o‘qituvchilari A.Jabborova, N.Bo‘riyeva va D.Safarovalar ham ishtirok etishdi.