Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/11/2025
Chop etish
JDPU delegatsiyasi II O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumida ishtirok etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tayotgan II O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumida faol ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli forum O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan.

Forum doirasida ikki mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilari va xalqaro hamkorlik bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etmoqda. Ular tomonidan ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish kabi muhim masalalar muhokama qilinmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi a’zolari ham o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, universitetning xalqaro hamkorlik sohasida amalga oshirayotgan ishlari va istiqbolli yo‘nalishlarini taqdim etmoqda.

Bu kabi xalqaro tadbirlarda ishtirok etish JDPU uchun ilg‘or tajribani o‘rganish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda universitetning nufuzini xalqaro maydonda yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Ulashish:
920
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Erkak pedagoglarning kasbiy etikasini mustahkamlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Iqtidorli talabalar – kelajak bunyodkorlari» shiori ostida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro anjuman doirasida xorijlik ekspertlar hamda iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.