Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/02/2023
Chop etish
JDPU da “Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash, salbiy va ijobiy holatlar” mavzusida o‘quv kurslari tashkil etildi.

       Bugungi hayotimizni internet yoki ijtimoiy tarmoqlarsiz aslo tasavvur etib bo‘lmaydi. Aksariyat odamlarning faoliyati internet, ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallari orqali dunyoda sodir bo‘layotgan kundalik yangiliklardan xabardor bo‘lish, ularni bir-biriga uzatish bilan bog‘liq.

         Bir so‘z bilan aytganda Ijtimoiy tarmoqlar har birimizning fikrlarimizni bayon etish yoki o‘zaro muloqot qilishda juda qulay vositadir.

         Afsuski, har narsaning ijobiy tarafi bo‘lgandek salbiy tomonlari ham bor. Bugun, xususan talaba yoshlar o‘zlarining qimmatli vaqtlarini behuda sarflab, ijtimoiy tarmoqlardan kun bo‘yi foydalanishadi. Shu tariqa, ular deyarli barcha axborotga ega bo‘lishadi va o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib, u yoki bu masalaga munosabat bildirishadi. Biroq bildirilgan munosabatlarning barchasini saviyali, ya’ni ma’naviyatli kishilarning fikri, deb bo‘lmaydi, Ayniqsa, bugungi kunda yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan kimsalar ham to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini o‘ylab o‘tirmasdan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan har qanday ma’lumot yuzasidan yoxud ba’zi masalalarga bilim va salohiyati yetadimi, yo‘qmi o‘z fikrini bildirishadi. Eng achinarlisi, ijtimoiy tarmoqlar orqali havola etilayotgan asossiz va saviyasiz ma’lumotlarning sanab adog‘iga ham yetib bo‘lmaydi.

        Ba’zi hollarda asoslanmagan  bir yoqlama yondoshilgan ma’lumot va postlar ham ijtimoiy tarmoqlarda  turli kanal adminlari va blogerlar tomonidan berib boriladi. Asoslanmagan ma’lumotlar  orqali mualliflar (xususan Feysbuk tarmog‘ida va telegram kanallarda joylashtirilgan postlarning tagida turli xil kommentariyalar (foydalunvchilarning bilib bilmay oldindan xulosa qilib) tashkilot sha’nini bulg‘ash va buni boshqalarni ham  ishontirishga urinishadi. Mana shunday asossiz, Axborot xujumiga qarshi kurashda bilimli, xolislik va ijtimoiy tarmoqlarda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan xodimlarning fikr va mulohazalariga ehtiyoj seziladi. Ularning xolsilik bilan yondashuvi o‘quvchilarga va tarmoq foydalanuvchilarga ta’sir qila olishi mumkin.  Jizzax davlat pedagogika universitetida Yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo’limi, universitet axborot xizmati hamkorligida tashkil etilgan o‘quv kursalriga barcha fakultetlarning  yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar  taklif etildi.

        “Ijtimoiy tarmoqlarda ishlash” mavzusida o‘quv kurslarining ilk mashg‘ulotida tinlovchilarga  Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash, feyk xabar va fakt-cheking mavzulari o‘tildi. Ta’kidlash joiz bir oy davomida bo‘lib o‘tadigan    o‘quv mashg‘ulotlarida tinglovchilarga  axborot xurujiga qarshi kurash, OAV bilan samarli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jamoatchilik bilan ishlash kabi dolzarb mavzularda darslar o‘tiladi. Soha media-trenerlari tomnidan tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlar so‘ngida tinglovchilarga sertifikatlar berish ko‘zda tutilgan.


Ulashish:
1 113
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Shanba — uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni” doirasida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida an’anaviy tarzda har shanba kuni o‘tkazib kelinayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Talabalar jazoni ijro etish muassasasi faoliyati bilan tanishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti...
JDPU va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetiga kuni Sankt-Peterburg davlat universiteti Rus tili test sinovlari markazining delegatsiyasi tashrif buyurdi.