Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Jannatmakon diyorim”

Jizzax davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida institutning Fizika va texnologik ta’lim fakulteti Tasviriy sa’nat va muhandislik grafikasi kafedrasi o‘qituvchisi Xudoyberdi Nurnazarovning “Jannatmakon diyorim” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada rassomning 100 dan ortiq  ijodiy namunalari jamlangan.  “Baxmal sharsharasi”, “Burchmulla manzarasi”, “ Chorvoqda yoz”, “Qirmizi olmalar”, “Tangitopdi tongi”, “Ona”, “Xumsonda kuz”,   asarlari shular jumlasidandir. -Ko‘rgazmani tashkil etishdan maqsad avvalo yoshlarimizni ona tabiatga bo‘lgan mehrini oshirish, iqtidorlarini yuksaltirishda ko‘mak berishdir-deydi rassom Xudoyberdi Nurnazarov . Ko‘rgazmada  namoyish etilayogan ishlar turli mavzu va janrlarda bo‘lib, ular orasida tabiat, qushlar va gullar, natyurmort, manzara janrlari mujassam. Bir so‘z bilan aytganda muallif ichki tuyg‘ularini ranglar orqali tomoshabinga yetkazib berishga harakat qilgan.   Bunday katta  ko‘rgazma oliygohda  ilk  marotoba   tashkil etilmoqda , — deydi institut rektori Sh.Sharipov. — Maqsadimiz, nafaqat shu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarda  balki boshqa fakultetlarda ham tahsil olayotgan yoshlarda tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorini namoyish etishga ko‘mak berishdir. Bugungi kunda rang tasvir va rassomchilik yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarimiz uchun  barcha  sharoitlar yaratilgan. Ko‘rgazmaga kelgan talabalardagi quvonch, qiziqish va g‘ayratni ko‘rib o‘zim ham ilhomlandim. Bunday ko‘rgazmalar kelgusida davomli bo‘lishiga, ijodkor yoshlar safi  yanada kengayishiga ishonaman.   Shahlo Raxmatova va Gulsevar O‘rinboevalar tasviriy sa’nat yo‘nalishida tahsil olishadi. Bugungi  ko‘rgazmadan olgan tassurotlarini ular shunday bayon qilishdi:     -Muallif ijodida  ona vatanni madh etuvchi she’rlarning tasviriy ifodasini sezish mumkin. Jannatmonand yurtimizning xususan  Jizzax viloyatining xushmanzara qishloqlari va tabiati  rassom chizgilarida jonlangan. Bu suratlarni tomosha qilar ekansiz ko‘z oldingizda Oyqor tog‘laridan tortib, mehmondo‘st va tanti o‘zbegimning bir kunlik hayoti  namoyon bo‘ladi. Bunday ko‘rgazmalar tez-tez tashkil etilsa biz talabalar uchun nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi…Ijodkor ilhomlanishi o‘zidagi bor iqtidorni yuzaga chiqarishi uchun ham bu juda kerak. Bir so‘z bilan aytganda bu bizga  motivatsiya beradi- deydi Shaxlo Raxmatova Ko‘rgazmadagi ijodiy ishlar bilan tanishar ekansiz  muallif tomonidan taqdim etilgan asarlardagi  chuqur falsafiy g‘oyalar  qalbingizda ezgu tuyg‘ularni uyg‘otadi.   Ko‘rgazma 3 kun davom etadi.