“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati va ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirni universitet rektori Sh.Sharipov ochib berdi. Xozirgi global muammolardan biri hayotimizga chetdan kirib kelayotgan g‘oya va ta’limotlarning ko‘payib borayotganidir. Biz bir necha daqiqalar ichida dunyoning narigi tomonidagi voqealardan xabardor bo‘lishimiz va unga o‘z munosabatimizni bildirishimiz mumkin.
Kimdir bunyodkorlik, kamolot, yuksak marralarga chorlovchi ezgu g‘oyalarga ergashadi, kimdir adashib vayronkorlik kuchini tanlab, yovuz g‘oya va fikrlar qaramligiga mahkum bo‘ladi. Bunday kimsalar bilimsizligi oqibatida jaholat yo‘lidan boradilar, hattoki o‘zlarining kindik qoni to‘kilgan ona Vataniga xiyonat qilishdan tap tortmaydilar. Aynan shunday vaziyatlarda mustaqil fikrga, sog‘lom dunyoqarashga va mustahkam irodaga ega bo‘lmagan inson turli ma’naviy tahdidlarga aldanib qolishi xech gap emas. Talaba yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aynan shu dolzarb masala haqida so‘z bordi. Unda shuningdek talabalarga faqat ilm olish, izlanish, yuksak marralarga erishishda muhim omil ekanligi tushuntirildi.
Tadbir davomida mavzu bilan bog‘liq videorolik ham namoyish etildi. Lavhada aks etgan nohush holatlar, yoshlarni psixatrop moddalarga ruju qo‘yishi va uning ayanchli oqibatlari, har-xil diniy oqimlarga bilib-bilmay qo‘shilish, natijada fojea ro‘y berishi ishtirokchilarni befarq qoldirmadi. Bu borada talaba yoshlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Tadbirda Jizzax viloyati xokimligidan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidan professor-o‘qituvchilar hamda huquq tartibot idoralari vakillari ishtirok etishdi.