Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/10/2025
Chop etish
“IT-industriya va startaplarni rivojlantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida iqtidorli talabalarning IT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ularning startap yo‘nalishidagi bilimlarini kengaytirish maqsadida “IT-industriya va startaplarni rivojlantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda “IT Par” va “Startap Garaj” hududiy bosh menejeri Narimanov Shoxrux Baxodirovich “Startaplar va ularni rivojlantirish bosqichlari” mavzusida ma’ruza o‘qib, talabalarni startap g‘oyalari, grantlar va venchur fondlar faoliyati bilan tanishtirdi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi Jizzax yoshlar texnoparki direktori Xudayberdiev Samad Zakirovich “G‘oyadan – amaliyotgacha” mavzusidagi taqdimoti orqali yoshlar texnoparkining faoliyati, startaplarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir davomida talabalar startap yo‘nalishidagi amaliy jarayonlar, moliyalashtirish manbalari va IT sohasidagi zamonaviy tendensiyalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi


Ulashish:
2 352
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.