Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/08/2022
Chop etish
Iqtidor va iste’dodli yoshlar ilm-fan yo‘lida.

Bugun iqtidor va iste’dodini  o’z tanlagan ilm-fan sohasi yo’lida sinab ko’rayotgan talaba- yoshlarimiz safi kengayib borayotganidan   quvonamiz, albatta. Bunday yoshlarning ilmga, ijodga va boshqa izlanishlar sari intilayotgani har qanday professor-o’qituvchining ham ayni damda shogird bilan ishlash mas’uliyatini oshiradi ham. Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi  «Izlanish» klubi a’zosi, Ozbek tili va adabiyoti fakulteti 201-guruh talabasi Aziza Ergasheva 2022-yil 22-iyunda Toshkent shahrida bolib otgan Xalqaro ilmiy forumi kop tarmoqli ilmiy-amaliy anjumanida «Luqmon Bo‘rixonning «Begonalar yurmas bu yerda» romani tahliliga bagishlangan «Bir asar tahlili» mavzusidagi  ilmiy maqolasi («Concerning the analysis of a work» ingliz tiliga tarjimasi) bilan ishtirok etdi. A.Ergasheva Ozbekiston Respublikasi «Xalqaro ilmiy forum – 2022» kop tarmoqli ilmiy-amaliy amjumanida faol ishtirok etgani uchun  anjuman tashkiliy qo`mitasining sertifikati bilan taqdirlandi.  Iqtidorli yoshlar safiga kirib kelgan Aziza Ergasheva ilk ustozi professor Shoira Doniyorova bilan adabiyotshunoslik sohasida kichik izlanishlarini boshlagan edi. Hozirda O’zbek adabiyoti o’qitish metodikasi kafedrasi doctoranti Sh. Ahmedova hamrogligida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

«Izlanish» klubi moderatori, f.f.f.d. (PhD) D.Salimova.


Ulashish:
999
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.