Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/05/2022
Chop etish
Inson muqaddas-Xotira mangu…

Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

Butun insoniyat ikkinchi jahon urushida qatnashgan, ayovsiz jangu jadalda qahramonlarcha halok bo‘lganlar xotirasini  aslo unutmaydi. Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, urush maydonidan omon qaytgan bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr – bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda yurtini, xalqini unutmagan, bir qarich yerini dushmanga ravo ko‘rmagan yoshi ulug‘ yurtdoshlarimizga hurmat, ehtirom ko‘rsatish ham g‘urur,ham faxr beradi. Jizzax davlat pedagogika instituti Musiqiy ta’lim fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan “Inson muqaddas-xotira mangu” nomli teatrlashtirilgan konsert dasturida  g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan o‘zbek halqining buyuk jasorati metin irodali  qahramonlarning mardona kurashi sahnaviy ko‘rinishlar orqali namoyish etildi.

Natsizm ustidan qozonilgan g‘alabaga 1 million 500 mingdan ziyod O‘zbekistonliklar  o‘z hissasini qo‘shganihech kimga  sir emas. Frontga safarbar etilgani o‘zbeklarning  urush yillarida ko‘rsatgan jasorati, insoniylik va bag‘rikenglikning chinakam namunasi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

1941 – 1945 yillardagi Ikkinchi Jahon urushi vaqtida o‘zbek oilalari dinidan millatidan qat’iy nazar, minglab yetim bolalarni asrab oldi.Talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy kompozitsiyalarda dahshatli urushda insoniyatga og‘ir yo‘qotish va talafotlar yetkazishi, yosh bolalarr va qariyalarning  azob-uqubatlarni boshidan kechirgani sahnaviy ko‘rinishlar orqali  mohirona ijro etildi.


Ulashish:
854
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rektori “Ziyokor” qizlar va o‘g‘il bolalar basketbol jamoasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda musobaqalar jarayonidagi reyting nazoratlari, jamoaning so‘nggi natijalari va har bir o‘yinchining o‘yin faoliyati tahlil qilindi.
JDPU rektori maktablarning bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jizzax shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 31 nafar faol bitiruvchi o‘quvchilar dastlab universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Zominda ustozlar uchun unutilmas sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 14–15 mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari uchun Zomin tumanidagi Zomin–Suffa dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.