Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/08/2025
Chop etish
“Ingliz tili darslarida sun’iy intellektdan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlari” mavzusidagi seminarimiz o‘qitishning kelajagiga ilhomli va amaliy safar bo‘ldi!
Seminar joriy yilning 18-avgustida bo‘lib o‘tdi. Seminar ishtirokchilarning ta’lim va o‘rganishda sun’iy intellektdan foydalanish borasidagi yondashuvini aniqlash borasidagi interaktiv mashqi bilan boshlandi. Bu esa bizning fidoyi taqdimotchilarimizning mazmunli va amaliy ma’ruzalari uchun zamin yaratdi:

Dildora Bahriddinova, Durdona Siddiqova, Mahliyo Umarqulova, Ma’rufbek Ergashov, Nodira Qo‘shboqova va Zilola Jamalova quyidagi mavzularda taqdimot qilishdi:

Ta’limda SI: Kirish.

Dars rejalashtirish, grammatika tushuntirish va matn yaratishda samarali promptlar tuzish

O‘qitishda SI yordamchisi

Ingliz tili darsida «Elevens Lab» dan foydalanish.

O‘qituvchi qo‘llanmasi 2025 / Eng yaxshi o‘qituvchilar uchun SI dasturlari

O‘qituvchilarni rivojlantirish: Twee.com orqali yangi imkoniyatlar

O‘qituvchilar va sinflar uchun 40 ta SI dasturlari.

Seminar davomida munozaralarga qizg‘in bo‘lib, sun’iy intellektning ingliz tili o‘qitish va o‘rganish jarayonini qanday o‘zgartirishi haqidagi foydali g‘oyalarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar mavzu doirasida o‘z bilimlarini oshirishdi va talabalarning qiziqishini kuchaytirish uchun yangi g‘oyalar bilan qaytishdi. Seminar yakunida ham taqdimotchilar, ham ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Tadbir juda mazmunli, qiziqarli va ilhomlantiruvchi bo‘ldi


Ulashish:
2 750
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.