Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/10/2023
Chop etish
“Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi”

Bugun shahrimizdagi Yoshlar innovatsion markazida “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin -qizlar festivali doirasida forum bo‘lib o‘tdi.

JDPU xotinqizlar maslahat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbir talaba qizlarning rasmlar hamda milliy kashta va hunarmandchilik ishlari, erishgan yutuqlari ko‘rgazmasi bilan boshlandi

Tadbirni Yoshlar masalalari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi. Olima professor-o‘qituvchilarni iqtidorli talaba qizlarni birlashtirgan forum qiziqarli mavzularga boy bo‘ldi.

Unda so‘zga chiqqanlar Tadbir qatnashchilariga murojaat etib, jamiyat rivojida taʼlimning, ayniqsa, xotin-qizlarning ilm olishi ahamiyati, olimalarning sohadagi rolini oshirish masalalariga to‘xtalishdi.   Shuningdek tashkil etilgan anjumanda keyingi yillarda yurtimizda xotin-qizlarning taʼlim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ham so‘z yuritildi.

Keyingi yillarda bizda 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar orasida ilmiy daraja olayotganlar soni ortyapti, – deydi JDPU Yoshlarmasalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov . – Bugun Jizzax viloyatida 4 ta oliy taʼlim muassasasida xotin-qizlar orasida juda ko‘plab fan doktori va  fan nomzodi faoliyat olib boradi. Taʼlim olayotgan talabalarning 50 foizi xotin-qizlardir. Qizlarning oliy taʼlim tizimida tahsil olishga bo‘lgan ishtiyoqi davlat tomonidan berilayotgan qator imtiyozlar tufayli ortib borayotir.

Forum davomida Jizzax davlat pedagogika universiteti tomonidan bir guruh olimalarga hamda iqtidorli talaba qizlarga faxriy yorliq topshirildi. Taʼlim tizimidagi yutuq va kamchiliklar, oiladagi muammolarning oldini olishda olimalarning yondashuvlari, qizlarning oliy maʼlumotli bo‘lishi farzandiga bilim berishi uchun ham ahamiyatli ekanligi qayta-qayta taʼkidlandi. Tadbirga dizayner talaba qizlarning milliy kiyimlar namoyishi yakun yasadi.


Ulashish:
974
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rektori maktablarning bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jizzax shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 31 nafar faol bitiruvchi o‘quvchilar dastlab universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Zominda ustozlar uchun unutilmas sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 14–15 mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari uchun Zomin tumanidagi Zomin–Suffa dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.