Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/06/2025
Chop etish
Ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha seminar-trening
Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazining “Aylana zali”da muhim ilmiy tadbir — “Xorijiy stajirovkalar va xalqaro ilmiy bazalar doirasida ilmiy salohiyatni oshirishning asosiy omillari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, xorijiy tajribalarni o‘rganish va xalqaro ilmiy bazalar bilan ishlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar taqdim etildi. Ushbu seminar-trening doirasida Shohista Saydiyevna o‘zining ilmiy faoliyati, xorijiy tajribalari, dissertatsiya tayyorlashdagi strategiyalari hamda xalqaro ilmiy platformalarda faol ishtirok etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilar ilmiy maqolalarni xalqaro bazalarda nashr ettirish, xorijiy stajirovkaga chiqish yo‘llari, grant dasturlarda ishtirok etish va ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha ko‘plab foydali tavsiyalar oldilar. Bu kabi tadbirlar yosh tadqiqotchilar uchun katta rag‘bat manbai bo‘lib, ilm-fan sohasida raqobatbardosh kadrlar yetishib chiqishiga zamin yaratadi. Seminar-treningni  filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), tadqiqotchi, yosh olima Axmedova Shohista Saydiyevna olib bordi.

Qisqacha ma’lumot:

  • Axmedova Shohista Saydiyevna 2024-yilda Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutining tayanch doktorantura (PhD) shaklini muvaffaqiyatli yakunlagan.

  • 2025-yil 30-may kuni u dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi.


Ulashish:
848
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.