Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/09/2022
Chop etish
Huquqshunos minbari:

“Imom Buxoriy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyati

“Imom Buxoriy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–789-son, 15.08.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰 Qonunga muvofiq, “Imom Buxoriy” ordeni ikki darajadan iborat bo‘ladi:

Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni;

▫️“Imom Buxoriy” ordeni.

✅ “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom ma’rifati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti hamda ilmiy merosini o’rganish va xalqaro maydonda keng targ’ib qilishda katta yutuqlarga erishganligi uchun:

➖xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;

➖xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;

➖xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari, shuningdek xorijiy arboblar va olimlar;

➖mamlakatimizning atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, atoqli olimlar, adiblar, pedagoglar va ilmiy tadqiqotchilar mukofotlanadi.

✅ “Imom Buxoriy” ordeni bilan esa buyuk allomalarimizning ilmiy va diniy merosini tadqiq etish hamda targ’ib qilish, islom dinining umuminsoniy qadriyatlari va asl mohiyatini mamlakat aholisi, ayniqsa yoshlarga yetkazishdagi xizmatlari uchun:

➖ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va adabiyot sohasi xodimlari;

➖davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari;

➖diniy ulamolar;

➖olimlar va tadqiqotchilar mukofotlanadi.

💰“Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga BHMning 70 baravari (21 mln so‘m), “Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga esa BHMning 50 baravari (15 mln so‘m) miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi.

 


Ulashish:
748
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.
NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...