Tashrifning ilk kuni samrali o‘tdi.
JDPU rektori Sh.Sharipov 17-23-mart kunlari xizmat safari bilan Hindiston davlatining Dehli sharida bo‘lib turibdi. Ayni kunlarda Maverick medicial simulation tashkiloti va National Heart Institutlariga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida institutdagi imkoniyatlar, yaratilgan sharoitlar, tibbiyot sohasida amalga oshirilgan yangilik va yutuqlar bilan yaqindan tanishildi.









Bu yerdagi imkoniyatlar yuqori baholandi. Kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Safar davomida JDPU rektori Sh.Sharipovga Hindistonning National Heart Instituti Xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori DR. Anand Kumar Tripathi hamrohlik qilmoqda.