Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/02/2021
Chop etish
Har bir bolani qalbiga yo‘l topaylik…

Avval xabar berganimizdek Jizzax davlat pedagogika instituti viloyatdagi 7 ta maktabni otaliqqa olgan. Bugungi kunda ushbu maktablarda Jizzax davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari bepul tayyorlov kurslarini olib borish bilan bir qatorda, ularga yanada yaqinroq bo‘lish, muammolarga birgalikda yechim topish maqsadida turli uchrashuvlar va suhbatlar ham tashkil etishmoqda.

Zarbdor tumanidagi  29 umumta’lim maktabidagi bu galgi uchrashuvga Magistralar bo‘limi professor o‘qituvchilari va magistrlari institut psixologi S. Namozov va Yoshlar bilan ishlash bo‘limi rahbari A.Pardaboevlarni  ham taklif etdilar. Mashg‘ulotlar avvalida psixologlar maktab o‘quvchilarga “psixiatr” va “psixoterapevt”dan farqi haqida  ma’lumot berdi. Shu bilan birga psixologning institutda olib boradigan faoliyati turlari bilan ham tanishtirib o‘tdi.Uchrashuvda tanishuv treningi va “Rasmli test” orqali o‘quvchilarningg xarakter xususiyatini aniqlash testi ham  o‘tkazildi. Shuningdek psixologning inson xususan maktab bitiruvchilari hayotidagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Yig‘ilish so‘ngida o‘quvchilar maktabga taklif etilgan psixologdan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Suhbat so‘ngida esa “Psixolog bilan suhbat” to‘g‘risidagi savollardan tuzilgan test varaqalar tarqatildi. Ushbu javoblar yozilgan test varaqalar esa psixolog tomonidan o‘rganilib lozim bo‘lsa har bir o‘quvchi bilan ishlash imkoniyati ishga solinadi. Bu esa kelajakda o‘quvchi hamda ularga ta’lim berayotgan ustozlar uchun qo‘l kelish tabiiy.

“Har bir bolaning qalbidagini bilib unga yanada  yaqinroq yondosha bilsak, uning dardini o‘zimiznikidek his qilaolsak  ko‘zlagan maqsadimizga yetamiz”,- deydi  Magitsrlar bo‘limi rahbari  R.Yormatov

 


Ulashish:
783
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.