Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/02/2026
Chop etish
Filologiya fakultetida Navoiy, Bobur va Pasternak sharafiga she’riyat va musiqa kechasi tashkil etildi.

Filologiya fakultetida «Debyut» to‘garagi a’zolari ishtirokida adabiy she’riyat kechasi tashkil etildi.

Tadbir buyuk mutafakkir va ijodkorlar — Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur hamda Boris Pasternak ijodiga bag‘ishlandi.

Talabalar va magistrantlar turli tillarda she’rlar o‘qib, asarlardan sahna ko‘rinishlari namoyish etdilar, musiqiy-badiiy chiqishlar taqdim etildi. Har bir chiqish chuqur his-tuyg‘u va falsafiy mushohada bilan yo‘g‘rilgani bilan ajralib turdi.

Fakultet o‘qituvchilari mazkur ijodkorlar merosining jahon adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, she’riyatning talabalarning estetik didi va ma’naviy qadriyatlarini shakllantirishdagi ahamiyati haqida fikr bildirdilar.

Adabiy viktorina bilan yakunlangan kechada ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, esdalik sovg‘alariga sazovor bo‘ldilar.


Ulashish:
1 664
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.