Turakulova Iroda Xolbutayevna
Fakultet dekani
Dekanning onlayn qabulxonasi
Pedagogik va psixologik yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan fakultet
Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti – bu zamonaviy ta’lim tizimida pedagogik va psixologik yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan ilg‘or ilmiy-ta’lim markazlaridan biridir. Fakultet bitiruvchilari umumiy o‘rta, maxsus va oliy ta’lim muassasalarida, ijtimoiy soha va psixologik markazlarda samarali faoliyat yuritmoqdalar.
Fakultetda tahsil olayotgan talabalar zamonaviy pedagogik texnologiyalar, shaxs psixologiyasi, o‘quvchilar bilan individual yondashuv, ta’lim va tarbiya nazariyasi, bolalar va o‘smirlar psixologiyasi, shuningdek amaliy psixologiya bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘ladilar.
Bitiruvchilar maktablarda psixolog, pedagog, metodist yoki ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida mutaxassis sifatida ishlashlari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatini davom ettirishlari mumkin.
Fakultetda ta’lim “Pedagogika”, “Psixologiya”, “Defektologiya”, “Logopediya” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi. Talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar, treninglar, diagnostik metodlar bilan jihozlangan psixologik laboratoriyalar, tajribali ustozlar va mustahkam ilmiy baza mavjud.
Fakultet ijtimoiy
tarmoqlarda
Ta’lim dasturlari
Kafedralar
Xodimlar
Rasulov Bekzod Uktamovich
Dekan muovini
Jumaboyev Sardor Faxriddin o‘g‘li
Tyutor
Xodjabekova Xolida Murtozayevna
Tyutor
Jalolova Yulduz Muxiddin qizi
Tyutor
Soliyeva Maftuna Terkash qizi
Tyutor
Botirov Shonazar Askar o‘g‘li
Tyutor
Fakultet tarixi
Tashkil topishi
Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab avvalgi Pedagogika va psixologiya fakulteti negizida tashkil etildi. Ushbu fakultet o‘z tarixini 1974-yilda institutda “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining tashkil etilishi davridan boshlaydi. O‘sha yillarda pedagogika va psixologiya fanlarini o‘qitish Jizzax davlat pedagogika instituti ta’lim tizimining ajralmas qismi bo‘lgan. 1990-yilda kafedra ikki mustaqil bo‘linmaga — Pedagogika hamda Psixologiya kafedralariga ajratildi, bu bosqich institutda pedagogik va psixologik yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratdi. 2001-yilda Boshlang‘ich ta’lim fakulteti tarkibida “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi ochilib, 2020-yil 29-iyundagi 429-U sonli buyruq bilan mustaqil Pedagogika va psixologiya fakulteti tashkil etildi.
Rivojlanish bosqichlari
Pedagogika-psixologiya yo‘nalishining rivojlanishida bir necha bosqichlarni ajratish mumkin. 2001–2016-yillarda bu yo‘nalish Boshlang‘ich ta’lim fakulteti tarkibida faoliyat yuritgan va professor H.A. Meliyev hamda dotsent R.A. Abdurasulovlar rahbarligida ilmiy-uslubiy faoliyatini olib borgan. 2014-yilda “Pedagogika-psixologiya” kafedrasi tashkil etilib, uni dotsent Iroda To‘raqulova boshqargan. 2020-yilda esa mazkur kafedra ikkiga — “Pedagogika ta’limi nazariyasi” va “Umumiy psixologiya” kafedralariga ajratildi. Shu davrdan boshlab fakultet tarkibida “Maxsus pedagogika”, “Maktab menejmenti” va “Inklyuziv ta’lim” yo‘nalishlari faoliyat yurita boshladi.
2021-yilda fakultet tarkibida Psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ochildi, bunda professor Rustam Abdurasulov va dotsent Shirin Kamolova rahbarligida darslar olib borildi. 2022-yilda “Inklyuziv va korreksion ta’lim ilmiy-tadqiqot markazi” tashkil etilib, maxsus pedagogika yo‘nalishidagi talabalar uchun yangi o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. 2025-yildan boshlab fakultet “Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti” nomi bilan qayta tuzildi, bu esa ta’lim tizimida maxsus ehtiyojli shaxslar bilan ishlovchi pedagoglarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratish imkonini berdi.
Bugungi faoliyati
Bugungi kunda fakultet tarkibida 5 ta yo‘nalish va 5 ta asosiy kafedra faoliyat yuritmoqda: “Pedagogika”, “Psixologiya”, “Logopediya va surdopedagogika”, “Oligofrenopedagogika va maxsus pedagogikaning klinik asoslari” va “Ta’lim menejmenti” kafedralari. Fakultetda 1000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan 100 ga yaqin professor-o‘qituvchi shug‘ullanadi, shundan 1 nafari fan doktori, 10 nafari fan nomzodi, 16 nafari PhD darajasiga ega.
O‘quv jarayonida psixologik diagnostika, pedagogik texnologiyalar, inklyuziv ta’lim metodikasi, logopediya, surdopedagogika, oliqofrenopedagogika kabi fanlar o‘qitiladi. Talabalar “Psixologik xizmat markazi”da amaliy mashg‘ulotlar o‘taydilar, respublika miqyosida “Eng yaxshi psixolog”, “Yosh menejerlar”, “Yilning eng namunali tarbiyachisi” kabi tanlovlarda faol qatnashadilar. Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, “Avloniy” nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Rossiya va Qozog‘istonning yetakchi pedagogika universitetlari bilan hamkorlikda ilmiy tadbirlar tashkil etmoqda.
Sanalar bo'yicha tarix
Fotogalereya
Fotogalereyada siz fakultet hayotidagi yorqin lahzalar bilan tanishishingiz mumkin: o‘quv tadbirlari, ilmiy konferensiyalar, ijodiy ko‘rgazmalar va kundalik talabalar hayoti.
