Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Uncategorized
Uncategorized
|
20/06/2018
Chop etish
E ‘ L O N

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari hamda nomli Davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash jarayonini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13-oktyabrdagi № 226-sonli “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash to‘g‘risida Nizom” va “Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida Nizom”lariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5069-son Farmonini ijrosini ta’minlash  hamda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyasiga nomzodlarni saralash to‘g‘risida”gi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 23.05.2015 yil № 87-02-1070-sonli xatiga asosan Davlat stipendiyasiga nomzodlarni saralashning 1-bosqichi institutda 2-3-4-iyul kunlari  belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlardan tegishli hujjatlarni dekanat taqdimnomasi bilan birga 2018 yil 28 iyungacha kuni Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga topshirishlari so‘raladi.

Manzil: Institut bosh binosi, 2-qavat, Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi, Tel: 0372-226-25-51


Ulashish:
1 688
Boshqa rubrikalarda mashhur

Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
JDPUda jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishi yakunlari yuzasidan mehnat jamoasi konferensiyasi o‘tkazildi.
JDPU rektori “Ziyokor” qizlar va o‘g‘il bolalar basketbol jamoasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda musobaqalar jarayonidagi reyting nazoratlari, jamoaning so‘nggi natijalari va har bir o‘yinchining o‘yin faoliyati tahlil qilindi.