Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
06/01/2023
Chop etish
Diqqat e’lon!

Vengriya hukumati o‘zining “Stipendium Hugaricum” ta’lim grantlari dasturi doirasida ushbu mamlakat OTMlarida o‘qish uchun 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston uchun ta’lim grantlari soni 100 tadan 170 taga ko‘paytirilganini ma’lum qiladi.

Ushbu kvota turli ta’lim sohalari va ta’lim bosqichlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:
– bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun har yili ko‘pi bilan 20 ta (yigirma) stipendiya ajratiladi;
– magistratura mutaxassisliklari uchun har yili ko‘pi bilan 60 ta (oltmish) stipendiya ajratiladi;
– bakalavriat bilan bo‘linmas bir bosqichli magistratura (besh/olti yillik uzluksiz oliy ta’lim – “OTM – one-tier master”) mutaxassisliklari uchun har yili ko‘pi bilan 10 ta (o‘n) stipendiya ajratiladi;
– istalgan soha bo‘yicha to‘liq doktorantura PhD dasturlari uchun ko‘pi bilan 60 ta (oltmish) stipendiya ajratiladi;
– Jismoniy tarbiya universiteti (Vengriyada) tomonidan taklif etiladigan aynan sport sohasidagi ta’lim dasturlarida o‘qish uchun ko‘pi bilan 20 ta (yigirma) stipendiya ajratiladi.
Hujjatlar onlayn tartibda 2023-yil 16-yanvar soat 14.00ga qadar (Markaziy Yevropa vaqti bilan) qabul qilinadi.
Shuningdek, muhandislik-texnika, tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiya, kimyo, geologiya, fizika, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, energetika, muqobil energiya manbalari va boshqa shu kabi yoʻnalishlarga hujjat topshirganlarga ustuvorlik beriladi.

Batafsil ma’lumot – stipendiumhungaricum.hu
“Arizalar qabuli to’g’risida e’lon” (“Call for Applications” – hujjatlarni topshirish tartibi) bilan tanishib chiqishingizni so’raymiz. Stipendium Hungaricum – https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ veb-sayitida keltirilgan.
Barcha hujjatlarni onlayn formatda to’g’ridan-to’g’ri “Tempus Public Foundation” (Vengriya tomonidan ushbu stipendiya dasturining muvofiqlashtiruvchisi) ko’rsatgan platformaga yuborish kifoya

Xalqaro hamkorlik bo’limi!
Tel: +998912090766


Ulashish:
563
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Yoshlik fasli” milliy liboslar namoyishi doirasida universitet malikası aniqlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida bayram tantanalari doirasida yoshlarni milliy va madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy meros va an’analarga hurmatni oshirish maqsadida “Yoshlik fasli” milliy...
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida faxriylar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida universitet Nuroniylar kengashi tashabbusi bilan faxriylar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.