Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimida raqamlashtirish borasida yana bir muhim qadam tashlandi. Hukumat qarori (https://edu.uz/media/d63c6e2f-8071-33a3-190c-076a10cf7851.pdf) (21.07.2022-y.) bilan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. Unga koʻra endilikda, ➖ fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi; ➖ fuqarodan boshqa hech qanday hujjat talab etilmaydi; ➖ fuqaro tahsil olgan taʼlim muassasasiga borib, ovvora  boʻlishiga hojat qolmaydi; Diplom dublikati 15 ish kuni davomida soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga yetkaziladi. ( manba edu.uz)