Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/06/2021
Chop etish
Chet tillarni o`rgatishning turlicha yondashuvlari: muammo va yechimlar”

Jizzax davlat pedagogika institutida 2021 yil 1 Iyun  kuni Chet tillar fakulteti Ijtimoiy gumanitar fanlarda chet tili va Tabiiy fanlarda chet  tili kafedralari tomonidan  “Chet tillarni o`rgatishning turlicha yondashuvlari: muammo va yechimlar” mavzusida   xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.  Konferensiyada Fransiyaning O`zbekistondagi elchixonasidan, Buyuk Britaniyadan, Qozog`istondan  va Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalaridan jumladan, Samarqand davalt chet tillari institutidan, Toshkent davlat pedagogika universiteti, O`zbekiston Milliy Universiteti, O`zbekiston davlat Jahon tillari universitetidan sohaning yetuk olimlari, professorlar, pedagog-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar ishtirok etishdi.

Konferensiya ishini Jizzax davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor Qodirov G`ayrat O`roqboyevich ochib berdi. G`. Qodirov o`z nutqida har bir tilning millat taraqqiyotida tutgan o`rni, o`zbek tilining huquqiy maqomi, chet tillarini chuqur oʼrganish oʼquvchi-yoshlarning zamonaviy bilimga ega boʼlishi va professional koʼnikmalarni egallashining asosiy omili va sharti ekanligi haqida to`xtalib o`tdi.

Shundan so‘ng mavzu yuzasidan Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti dekani f.f.d. professor Abdugafur Mamatov Eshonqulovich, Samarqand davlat Chet tillari insttuti professorlari Safarov Shahriyor Safarovich, Mirsanov G`aybulla Kulmurodovich, Toshkent davlat pedagogika universiteti professori Jalolov Jamol Jalolovich, Buyuk Britaniya Warwick universiteti PhD doktoranti Komila Tangirova, Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti Aybolgan Borasheva va boshqalar ma’ruza qildilar.

Konferensiya so‘nggida taqdim etilgan materiallar asosida Chet tillarni o`qitishning turlicha yondashuvlari, metodlari va psixologik asoslarini o‘rganish asosida yo‘l xaritasi ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.


Ulashish:
989
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...