Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti professorlari Xorijiy tillar fakultetida 

Xabaringiz bor, universitetga Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti professorlari Dr. Stephen Corbett hamda Dr. Marjorie Huet Martinlar tashrif buyurdi. Professorlar universitet rektori bilan uchrashuvdan so‘ng Xorijiy tillar fakultetiga tashrif buyurdi. Dastlab Xorijiy tillar fakulteti dekani professor A.Mamatov bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida fakultetga Portsmud universiteti professorlarini maʼruzalar o‘tishga jalb etish bo‘yicha, talabalar almashinuvi, o‘zaro hamkorlikda konferensiyalar, seminarlar tashkil etish, Portsmut universitetlari professorlari bilan o‘zaro hamkorlikda maqolalar, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga kelishib olishdi. Shundan so‘ng Portsmutlik professorlar Fakultetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi va Fakultet professor-o‘qituvchilari, magistrantlari va talabalari uchun “Education System of the United Kingdom” (Buyuk Britaniyada taʼlim tizimi), “Educational Programs and Professional Development Courses of the Portsmouth University” Portsmud universitetida taʼlim dasturlari va malaka oshirish kurslari) mavzularida maʼruzalar tashkil etishdi. Seminar davomida professor-o‘qituvchilar, magistrlar, talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi va kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishib olishdi.