Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/01/2024
Chop etish
“Bugun kitob o‘qisak, ertaga uning yog‘dusida yashaymiz”- deydi universitet rektori Sh.Sharipov.

Kitob o‘qisak, uni imkon topdi deguncha sotib olsak, o‘zimiz bilmagan holda baxt-saodat to‘plagan bo‘lamiz, qancha ko‘p kitob o‘qisak, uzoqni ko‘ramiz, bugun kitob o‘qisak, ertaga uning yog‘dusida yashaymiz! Zero, kitob zulmatda nur, yolg‘izlikda hamroh, eng sodiq do‘st va eng yaxshi suhbatdoshdir.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan kitobxonlik madaniyati va mutolaasini oshirish tashabbusi o‘sib kelayotgan yoshlarda bolalik chog‘idan kitobga mehr uyg‘otish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish, ularning hayot yo‘llarida mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi. Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Shavkat Sharipov boshchiligidagi bir guruh professor-o‘qituvchilar Jizzax shahridagi 30– sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Qo‘llarida dasta-dasta kitob bilan maktabga qadam qo‘ygan o‘qituvchilarni maktab jamoasi va o‘quvchilar kutib olishdi. Ijodkor o‘quvchi va o‘qituvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan ochiq  muloqot davomida universitet rektori Sh.Sharipov kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyati borasida shaxsiy fikr-mulohazalari, hayotiy xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.  Suhbatda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga  eng sara kitoblar to‘plami taqdim etildi.  Mehmonlar qo‘lidan kitoblarni  ayricha quvonch va zavq bilan qabul qilayotgan o‘quvchilarning shodligini ta’riflash qiyin.

“Kitob ulashish xayrli bir harakatdir.Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari bilan amalga oshirilgan bu  tashabbus ko‘zlarida quvonch va o‘zgacha shavq bilan boqib turgan o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishini, mehrini va intilishini oshirish, kitobxonlikni ommaviylashtirishda xizmat qilishi shubhasiz. Maktab ostonasiga qadam qo‘yishim bilan beg‘ubor va ma’sum bolaligim yodimga tushdi. U hayajonli lahzalarni men bilan birga kelgan har bir o‘qituvchi his qilgan bo‘lsa ajabmas… Savollarga biyron javob berayotgan, bolajonlarning ko‘zlarida ishonchni ko‘rdim.” deydi universitet rektori Sh.Sharipov.

Jizzax davlat pedagogika universiteti tomonidan tashkil etilgan xayrli tashabbus natijasida  maktab kutubxonasi fondi 300 donadan oshiq kitob bilan boyidi.  Gap endi ularni o‘qishda, uqishda va hayotga tatbiq etishda


Ulashish:
891
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektori tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.