Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/11/2021
Chop etish
BOTULIZM nima?

Aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlarga qaramasdan har yil qish mavsumi kirib kelishi bilan aholi o‘rtasida sifatsiz konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilish oqibatida fuqarolarni guruxli ovqatdan zaharlanishi bilan bog‘liq holatlar qayd qilinmoqda.

Jizzax davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Botulizm nima” tadbiri ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi. Unda  ishtirok etgan viloyat DSENM xodimlari  yig‘ilganlarga xususan ijara uylarda istiqomat qilayotgan talabalarga uy sharoitida tayyorlangan sifatsiz konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishni va bu holatda qanday choralar qo‘llashni tushuntirib o‘tishdi. Tayyorlanayotgan mahsulotni «Konservalar va marinovkalar» qayta ishlash jarayonida unga tushgan botulizm qo‘zg‘atuvchilar hamisha ham qirilib ketmaydi,-deydi Feruza Hamdamova  ayniqsa botulizm qo‘zg‘atuvchilarining suporalari yuqori darajada o‘ta chidamli bo‘ladi. Mahsulotga tushgan qo‘zg‘atuvchilar va suporalar kislorodsiz qulay sharoit yaratilgandan keyin 22-37 daraja issiqlikda ko‘payib o‘zidan toksin ajratadi.

 

Botulizm toksinlari bilan zararlangan mahsulotlarni iste’mol qilganda kasallik alomatlari 2-3 soatdan keyin, ba’zi holatlarda esa 1-2 sutkada ham boshlanadi.
Tadbir davomida shuningdek mutaxassislar  talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berishdi.


Ulashish:
1 163
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU professor-o‘qituvchilarining Malayziya safaridan
Jizzax davlat pedagogika universitetining 22 nafar professor-o‘qituvchilari Malayziyaning Utara Universitetida malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun mamlakatga muvaffaqiyatli yetib borishdi.
Sayohat — ma’naviy yuksalish va jamoaviy muhitni mustahkamlash omili
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, jamoada sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish hamda ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida muntazam ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar tashkil etilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari Malayziyada malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ularni nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka va malaka oshirish...