Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/10/2020
Chop etish
Boqiysan, iftixorimsan,ona tilim!

Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar!

Halqni xalq, millatni millat sifatida tanitguvchi vosita bu – til. Oltoy tillar turkumi turkiy tillar oilasining eng qadimiy va eng katta bo‘lagi o‘zbek tilining asrdan asrga sayqallanib, ohangi go‘zallashsada, o‘zagi o‘zgarmay kelishida Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk allomalarimizning o‘z zamonasida chekkan zahmatlari, bu yo‘lda qilgan mehnatlari izohiga qalam ojiz. 1989 yil 21 oktyabr- “O‘zbek tiliga davlat tili” maqomi berilishi mamlakatimiz mustaqil bo‘lishidan avvalgi eng unutilmas, muhim sana bo‘lib, Vatanimiz tarixiga yozildi. O‘tgan yillar davomida hukumat tomonidan Davlat tilimizning rivojlanishi, taraqqiyoti yo‘lida olib borilgan istiqbolli ishlarga to‘xtalib o‘tishni joiz deb bilmayman. Muhimi bugun barcha jabhalarda ish yurituvi o‘zbek tilida olib borilmoqda. O‘zbek tili jahondagi tillar safida alohida mavjud til sifatida tan olindi. Til – millat ko‘zgusi. Shu millat farzandi bo‘la turib, o‘z tilida ravon so‘zlasha olmaydiganlarni ko‘rsam ko‘nglim xira tortadi.

Aziz talabalar, bo‘lajak pedagoglar!

Dunyo tamadduni Navoiydek shaxsni boshqa ko‘rmas balki. Butun jahon tan olgan bobokalonimiz o‘zbek tilining so‘zga boyligi, serma’no va go‘zal til ekanligini yetarli asoslar bilan o‘zining ilmiy asarlarida ta’kidlab o‘tgan. Biz avlodlar ham bobokalonlarimiz tomonidan avaylanib, bizgacha yetib kelgan o‘zbek tilimizni kelajak avlodga asosini buzmay, o‘zagiga zarar yetkazmay qoldirish kelajak avlod oldidagi eng katta burchimizdir. Chet tillarini o‘rganish zamon talabi ekanligini inkor etmaganim  holda aytmoqchimanki, ona tilimizni dunyoga bildiradigan vaqt yetdi. Biz shunday bo‘laylikki, chet elliklar ham o‘zbek tilini o‘rgansin, shunga ehtiyoj sezsin. Biz ularga ko‘rsatgan hurmatimizni ular ham tilimiz orqali bizga yetkazishsin. Qadimiy, uzoq tarixga ega turkiy yozma til hisoblanmish ona tilimiz, o‘zbek tili xalqaro tillarining sakkizinchi tili bo‘lib qolsin.

Hurmat bilan Jizzax davlat pedagogika instituti rektori prof Sh.S.Sharipov.


Ulashish:
2 220
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...