Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Bobokolonlarimizning ijodiy va tarbiyaviy merosi umumbashariy ma’naviy -ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni

Joriy yilning 15 fevral kuni  Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat  fakulteti hamda institut axborot- resurs markazi hamkorligida buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligiga bag‘ishlangan  “Bobokolonlarimizning ijodiy va tarbiyaviy merosi umumbashariy ma’naviy -ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida adabiy kecha tashkil etildi. Tadbirda  Jismoniy madaniyat fakulteti  professor- o‘qituvchi va talabalari,  institut axborot- resurs markazi xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdi.

       Tadbirni  Jismoniy madaniyat fakulteti dekani dotsent O. Muqimov  kirish so‘zi bilan ochib:  “Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsiyati, faoliyati, ijodi xususida gap ketar ekan, ba’zan shoh Bobur va shoir Boburni ikki qutb sifatida talqin qilamiz. Aslida bir vujudda ikki siymo yashamaydi. Shuning uchun buyuk davlat barpo qilgan Bobur hamda yetuk asarlar muallifi Boburni birorta o‘rinda bir – biridan ayro tasavvur qilish mumkin emas”, -deya ta’kidladi.

     So‘ngra,  Jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi dotsent A. T. Sodiqov so‘zga chiqib: “Ikki benazir ulug‘ zotlar xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxslar bo‘lib, ular milliy adabiyotimizning g‘ururidir”-dedi.

   Shundan so‘ng, Jismoniy  madaniyat fakulteti 3-kurs talabasi X. Boboqulov, Ch. Xoliqova va  2-kurs talabasi S. Abduvoxidovalar buyuk bobokolonlarimizning hayoti va ijodi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdilar.

      Tadbirda Jismoniy  madaniyat fakulteti talabalari  tomonidan allomalar ijodiga mansub g‘azal va ruboiylardan parchalar  o‘qildi  hamda videoroliklar namoyish etildi.

      Tadbirda JDPI  ARM xodimlari tomonidan tayyorlangan “Ajdodlarimiz merosi – ma’naviyatimiz sarchashmasi” mavzusidagi adabiyotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Mazkur ko‘rgazmaga qo‘yilgan adabiyotlarni   ARM  yetakchi mutaxassisi S.Isroilova  qisqacha sharhlab  berdi.

Tadbirni fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Qo‘shmuratov yakunlab, ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi.  Mazkur tadbirda jami 73  nafar ishtirokchi qatnashdi.