(Jizzax davlat peddagogika instituti talaba yoshlarining Prezident Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasiga munosabat.) Kechagi Prezident murojaatnomasi tarixiy voqea bo‘ldi desam mubolag‘a qilmagan bo‘laman. Bu murojaat biz yoshlarga tom ma’noda motivatsiya berdi. Murojaatnomada ko‘tarilgan masalalar halqimiz dardi, uning ezgu orzu istaklaridir. Men murojaatnomani boshidan oyoq diqqat bilan eshitdim. Davlat rahbarining madaniyat vaoma va adib Mahmudxo‘ja Behbudiyning 145 yillik tavallud sanasini keng nishonlanishi Umuman, biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganish to‘g‘risidagi fikrlari meni bo‘lajak sa’nat vakili sifatida nihoyatda to‘lqinlantirdi, hayratda qoldirdi. Davlat rahbari ta’kidlaganidek “ma’naviy xazina bo‘lmish bu bebaho merosimizni o‘rgansak tinch va erkin hayot qadriga yetamiz”. Tovboyeva Nilufar San’atshunoslik fakulteti t asviriy san’at yo’nalishi 3 kurs talabasi
Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar ikki barobar kiskartiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga murojaati davomida shu haqda ta’kidlab o‘tish bilan bir qatorda, oliy ta’lim tizimidagi muammolarga ham to‘xtalib o‘tdi. Menga ayniqsa “Oliy o‘quv yurtlarida davlat grantlari ikki barobarga ko‘paytirilib, qizlar uchun oliy o‘quv yurtlarida alohida grant o‘rinlari ajratilishi va pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish 3 yil bo‘lishi haqida haqidagi fikrlar juda ma’qul bo‘ldi. Shuningdek ta’lim muassasalariga moliyaviy va akademik mustaqillik berilishi ham katta imkoniyat. Bilasiz bugun biz tezkor zamonda yashayapmiz. Hohlaymizmi yo‘qmi internet biz uchun juda muhim .Axborot almashish uni tarqatish undan samarali foydalanish, bu har bir jabhada kerakli bir yordamchi deb o‘ylayman. O‘zim olisroq qishloqda yashayman, haqiqatdan ham interent yetmagan ta’lim dargohlarimiz juda ko‘p. Muhtaram yurtboshimiz yaqin ikki yilda qishloq va mahallalarni tezkor internet bilan ta’minlanishi haqida gapirganlarida quvondim. Yashirishni hojati yo‘q bugun hamma joyda ham ayniqsa qishloq joylarda internetning ishlash sifati juda past. Hozircha 7 mingdan ortiq sog‘liqni saqlash, maktab va maktabga ta’lim muassasalari yuqori tezlikdagi internetga ulangan bo‘lsa, keyingi ikki yilda yana 12 mingta muassasa tezkor internetga ulanishini albatta juda quvonarli holatdeb hisoblayman.
Barnoyeva Maftuna chet tili fakulteti rus tili yo’nalishi 1 kurs talabasi
Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmat