Skip to main content

Горячая линия: +(99872) 226 68 10

Образовательная программа 3+1

Добро пожаловать за совместную образовательную программу с Белорусским государственным педагогическим университетом!

Конституция-наш основной закон!

8 декабря — День Конституции Республики Узбекистан

Ода, отражающая высокое чувство патриотизма!

10 декабря — День принятия Государственного Гимна Республики Узбекистан

Новый год – это возможность для новых целей!

С Новым 2024 годом!

Память священна, человеческое достоинство бесценно!

9 Мая - День памяти и почитания

ДжГПУ 50 лет!

С 50-летием Джизакского государственного педагогического университета!

(O`zbek) Biz orzu qilgan jamiyatni qurish yo‘lida kurashamiz..

Biz orzu qilgan jamiyatni qurish yo‘lida kurashamiz… (Jizzax davlat peddagogika instituti talaba yoshlarining Prezident Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasiga munosabat.) Kechagi Prezident murojaatnomasi tarixiy voqea bo‘ldi desam mubolag‘a qilmagan bo‘laman. Bu murojaat biz yoshlarga tom ma’noda motivatsiya berdi. Murojaatnomada ko‘tarilgan masalalar halqimiz dardi, uning ezgu orzu istaklaridir. Men murojaatnomani boshidan oyoq diqqat bilan eshitdim. Davlat rahbarining madaniyat va san’at muassasalariga alohida e’tibor qaratish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rish zarurligi haqidagi fikrlari meni befarq qoldirmadi.Unda keltirilishicha «Joriy yilda byudjet mablag‘lari hisobidan 22 ta teatr va madaniyat ob’ektlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi.Shuningdek, davlat-xususiy sherikligi asosida 20 ta madaniyat markazi va istirohat bog‘lari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Kinematografiya sohasida badiiy jihatdan yetuk asarlar yaratish, zamonaviy kinoindustriyani rivojlantirish, jumladan, yangi kinoteatrlar qurilishi haqadiga qfiklar ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Shuningdek yurtboshimiz Joriy yilda davlat buyurtmasi asosida kino mahsulotlari ishlab chiqarishni moliyalashtirish takomillashtirilishi, Kinematografiyani 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini hamda “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqilishi loziimligi haqida ham to‘xtaldi. Bundan tashqari, bu yil madaniy hayotimizdagi muhim voqea – Shahrisabz shahrida Ikkinchi xalqaro Maqom festivalini muvaffaqiyatli o‘tkazish va xalqimiz tarixining murakkab damlarida, ma’rifat mash’alini baland ko‘tarib chiqqan alloma va adib Mahmudxo‘ja Behbudiyning 145 yillik tavallud sanasini keng nishonlanishi Umuman, biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganish to‘g‘risidagi fikrlari meni bo‘lajak sa’nat vakili sifatida nihoyatda to‘lqinlantirdi, hayratda qoldirdi. Davlat rahbari ta’kidlaganidek “ma’naviy xazina bo‘lmish bu bebaho merosimizni o‘rgansak tinch va erkin hayot qadriga yetamiz”. Tovboyeva Nilufar San’atshunoslik fakulteti t asviriy san’at yo’nalishi 3 kurs talabasi Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar ikki barobar kiskartiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga murojaati davomida shu haqda ta’kidlab o‘tish bilan bir qatorda, oliy ta’lim tizimidagi muammolarga ham to‘xtalib o‘tdi. Menga ayniqsa “Oliy o‘quv yurtlarida davlat grantlari ikki barobarga ko‘paytirilib, qizlar uchun oliy o‘quv yurtlarida alohida grant o‘rinlari ajratilishi va pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish 3 yil bo‘lishi haqida haqidagi fikrlar juda ma’qul bo‘ldi. Shuningdek ta’lim muassasalariga moliyaviy va akademik mustaqillik berilishi ham katta imkoniyat. Bilasiz bugun biz tezkor zamonda yashayapmiz. Hohlaymizmi yo‘qmi internet biz uchun juda muhim .Axborot almashish uni tarqatish undan samarali foydalanish, bu har bir jabhada kerakli bir yordamchi deb o‘ylayman. O‘zim olisroq qishloqda yashayman, haqiqatdan ham interent yetmagan ta’lim dargohlarimiz juda ko‘p. Muhtaram yurtboshimiz yaqin ikki yilda qishloq va mahallalarni tezkor internet bilan ta’minlanishi haqida gapirganlarida quvondim. Yashirishni hojati yo‘q bugun hamma joyda ham ayniqsa qishloq joylarda internetning ishlash sifati juda past. Hozircha 7 mingdan ortiq sog‘liqni saqlash, maktab va maktabga ta’lim muassasalari yuqori tezlikdagi internetga ulangan bo‘lsa, keyingi ikki yilda yana 12 mingta muassasa tezkor internetga ulanishini albatta juda quvonarli holatdeb hisoblayman. Barnoyeva Maftuna chet tili fakulteti rus tili yo’nalishi 1 kurs talabasi 1995 yilga qadar O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon mamlakatda muqim yashayotgan shaxslarga avtomatik tarzda fuqarolik beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoev parlamentga murojaatnomasida ma’lum qildi. «Mamlakatimizda uzoq vaqtdan beri yashab kelayotgan, lekin O‘zbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga ega bo‘la olmayotgan minglab yurtdoshlarimizning ana shu muammosini qonuniy hal qilish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish vaqti keldi, deb o‘ylayman. Xususan, 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi avtomatik tarzda berilishi darkor. Bu orqali 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bilan bog‘liq, uzoq yillardan buyon yechilmay kelayotgan muammolari hal etiladi», dedi prezident. Davlat rahbari hukumatga bu masalani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqib, shu yil 1 mayga qadar tegishli qonun loyihalarini taqdim etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu albatta necha yillardan buyon sarsonu-sargardon , fuqarolik ololmay yurgan yurtdoshlarimiz uchun juda katta imkoniyat. O‘zi O‘zbekistonda turmush o‘rtog‘i Qirg‘izistonda, Tojikistonda yoki umuman fuqarolik pasportisiz turli xil ma’lumotnomalar bilan yurgan yurtdoshlarimiz ham ko‘p. Davlat rahbarining, halqning ko‘nglidagi og‘riqli dardlarini bilib, unga mana shunday oqilona, o‘zbekona bag‘rikenglik bilan yechim topib berganlarining o‘zi tahsinga loyiq. Qovulov Jo’rabek Tarix fakultetidan Tarix o’qitish metodikasi yo’nalishi 102 guruh talabasi Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati