Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va maktab ta’limi fakulteti bitiruvchilari uchun “Bitiruvchi – 2026” mavzusida ish beruvchilar bilan uchrashuv va “Kelajakka qadam” dasturi ijrosiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbir bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, kasbiy faoliyatga samarali yo‘naltirish hamda ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.




Seminarda universitet rahbariyati, fakultet bitiruvchilari, viloyatdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda sohaga mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.




Uchrashuvda bitiruvchilarga bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish tartibi, yosh mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlar va davlat dasturlari bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.





Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, bitiruvchilar o‘z savollariga soha mutaxassislaridan javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
